Biz haqimizda

 

 

 

 

 

Mazkur veb-sayt O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tayanch doktoranti (PhD) Umaraliyeva Feruza Faxriddin qizi tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida yaratilgan bo‘lib, u zamonaviy raqamli ta’lim muhitida o‘quv-uslubiy ta’minotni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga qaratilgan.

Ushbu loyiha 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) ixtisosligi doirasida olib borilayotgan “Raqamli ta’lim muhitida o‘quv-uslubiy ta’minotni tashkil etish metodikasini takomillashtirish (kataloglashtirish va klassifikatsiyalash fani misolida)” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Elektron darslik ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali o‘quv-uslubiy materiallarni tizimli ravishda tashkil etish, ularni kataloglashtirish va klassifikatsiyalash metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi. Sayt doirasida ishlab chiqilgan elektron darslik zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tayyorlangan bo‘lib, u o‘quv jarayonining sifatini oshirishga, bilimlarni chuqur va tizimli o‘zlashtirishga ko‘maklashadi.

Elektron darslik tarkibida kataloglashtirish va klassifikatsiyalash faniga oid nazariy ma’lumotlar, amaliy mashg‘ulotlar, metodik tavsiyalar hamda innovatsion yondashuvlar keng yoritilgan. Ushbu resursdan talabalar, magistrantlar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda axborot-kutubxona faoliyati sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar foydalanishlari mumkin.

Ilmiy tadqiqot ishining ilmiy rahbari — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU “Axborot-kutubxona faoliyati” kafedrasi professori, pedagogika fanlari nomzodi Ganiyeva Barno Ilhomovna bo‘lib, ilmiy ish uning rahbarligida amalga oshirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

📖
🔬
💡
🧪
🪐